«Manchester Siti» himoyachisi Yoshko Gvardiol klub Pep Gvardiolaga munosib o‘rinbosar sifatida Enso Mareskani to‘g‘ri tanlaganiga ishonchi komil.
«Daraja juda yuqori va Ensoning murabbiy etib tayinlanishi tasodif emas. O‘ylaymanki, unda zarur mahorat va qator yangi g‘oyalar bor. Shuningdek, o‘yin uslubimiz, qanday futbol o‘ynashimiz, taktika va boshqa jihatlarda nimalar qilishimizni ko‘rib chiqishimiz kerak. U ideal variant deb hisoblayman, ammo, albatta, vaqt kerak bo‘ladi.
Bu mutlaqo yangi narsa, murabbiyni almashtirish oson emas, shuning uchun bizga vaqt lozim. Vazifamiz — unga imkon qadar ko‘proq yordam berish hamda tezroq moslashish uchun uni diqqat bilan eshitishdir. Men u bilan ko‘rishdim, jarohatim haqida, Pep qo‘l ostida ilgari qanday o‘ynaganimiz va men qanday harakat qilganim haqida biroz gaplashdik, umuman olganda shu», — dedi Gvardiol.













