Kirish Ro'yxatdan o'tish

DFB rahbari: «Infantinoning loyihasi sharmandalarcha barbod bo‘ldi»

DFB rahbari: «Infantinoning loyihasi sharmandalarcha barbod bo‘ldi»

Baho:
+ | -1

Germaniya futbol ittifoqi (DFB) prezidenti Bernd Noyendorf FIFAning o‘z musobaqalariga xususiy investorlarni jalb qilish rejalaridan voz kechganiga munosabat bildirdi.

«Bu qadam muqarrar edi. FIFA musobaqalarini xususiy investorlar uchun ochishga bo‘lgan urinish sharmandalarcha barbod bo‘ldi. Bu ko‘p jihatdan UYEFAga a’zo sifatida barcha assosiasiyalarning yagona pozisiyasi tufayli yuz berdi.

Endilikda Djanni Infantino tashabbusi bilan boshlangan bu loyiha qanday paydo bo‘lgani va qanday amalga oshirilgani yuzasidan to‘liq tekshiruv o‘tkazish zarur. FIFA prezidenti yagona tartibda va shaffof bo‘lmagan tarzda harakat qildi, yakunda esa bu futbol manfaatlariga zid bo‘lib chiqdi.

UYEFA va boshqa konfederasiyalar bilan birgalikda biz FIFA boshqaruvi madaniyatini tubdan o‘zgartirishga erishishimiz kerak – shunda qarorlar yana tashkilot rahbariyati a’zolari tomonidan muhokama qilinadi va qabul qilinadigan bo‘ladi», — dedi Noyendorf.

Kiritildi: 19:47, 02.08.2026.
O'qildi: 771 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик