Sky Sports xabariga ko‘ra, «Vest Xem» AZ va Irlandiya terma jamoasi hujumchisi Troy Perrottga qiziqish bildirmoqda.
Ilgari «Tottenxem»da o‘ynagan futbolchi, shuningdek, «Betis» va «Ayaks» e’tiborida turibdi.
24 yoshli futbolchining Niderlandiya klubi bilan amaldagi shartnomasi tugashiga yana uch yil bor.
O‘tgan mavsumda Perrott Eredivizida 28 ta o‘yinda 16 ta gol urgan.













