«PSJ» Yaponniya terma jamoasi darvozaboni Zion Sudzuki transferi bo‘yicha «Parma»ga rasmiy so‘rov yubordi.
Insayder Fabrisio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, parijliklar futbolchi uchun 33 million yevro to‘lashga tayyor. «Parma»ni bu taklif qoniqtirmoqda – endi «PSJ» golkiper uchun kurashda «Yuventus»ni ortda qoldirmoqda, chunki turinliklar hali ham rasmiy qadamlarni tashlashgani yo‘q.
Xabar qilinishicha, «PSJ» Suzukiga o‘z loyihasini taqdim etib bo‘lgan. Darvozabonning klubdagi roli Lyuka Shevalyening kelajagiga bog‘liq bo‘ladi.













