"Inter" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan kelgusi mavsum haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Iyul oyi boshida 37 yoshli futbolchi "neradzurrilar" bilan 2020 yil o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan yangi shartnoma imzoladi.
"Bu mening professional sifatidagi 20-mavsumim va men, albatta, juda xursandman. Bu mening faoliyatim davomida hamma narsani to‘g‘ri qilganimni ko‘rsatadi. Shuning uchun men futbolda shuncha yil o‘tkaza oldim - bu men uchun muhim", dedi Mxitaryan InterTVga bergan intervyusida.
O‘tgan mavsumda armanistonlik yarim himoyachi "Inter" bilan Italiya chempionati va Italiya kubogini qo‘lga kiritdi.













