Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Xavers «Arsenal»ning yangi mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi

Xavers «Arsenal»ning yangi mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Arsenal» hujumchisi Kay Xavers jamoaning 2026/27 yilgi mavsumdagi ambisiyalari haqida gapirib berdi.

«Biz barcha sovrinlarni qo‘lga kiritishni xohlaymiz. Aynan shuning uchun bu yerdamiz. Biz Premyer-ligada g‘olib chiqdik, ammo bundan ham ko‘prog‘iga qodirmiz. Bunga erishish uchun boshqa darajaga chiqishimiz kerak, chunki mavsum kanchalik uzoq davom etishini va barcha turnirlarda oxirigacha yetib borish kanchalik qiyinligini yaxshi bilamiz. Bu yil ushbu vazifani yanada yaxshiroq bajarishni va yana muvaffaqiyat qozonishni istaymiz.

Fikrimcha, biz yanada ilgarilashimiz mumkin va bunga majburmiz. Boshqa jamoalar kuchayayotganini ko‘rib turibsiz, shu sababli biz ham o‘z saviyamizni yana bir pog‘onaga ko‘tarishimiz kerak. Menimcha, hammamiz aynan shuning uchun shu yerdamiz, aynan shu maqsadda mashg‘ulot o‘tkazyapmiz», — deya 27 yoshli germaniyalik futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi ESPN.

Qatorasiga uch marta ikkinchi o‘rinni egallaganidan so‘ng, «kanonirlar» 2025/26 yilgi mavsumda so‘nggi 22 yil ichidagi ilk Premyer-liga chempionligini qo‘lga kiritishgan edi.

Kiritildi: 05:06, 03.08.2026.
O'qildi: 584 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик