Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 16:30 Everton 0-2 Chelsi
17/10 17:00 Espanyol 0-1 Atletiko
17/10 18:00 Lokomotiv 0-0 Nasaf
17/10 18:00 Venetsiya 1-0 Napoli
17/10 19:00 Dinamo 1-0 Buxoro
17/10 19:00 Navbahor 0-1 Paxtakor

Shaxmat. O‘zbekiston terma jamoasi FIDE reytingida bir pog‘ona yuqoriladi

Shaxmat. O‘zbekiston terma jamoasi FIDE reytingida bir pog‘ona yuqoriladi

Baho:
+ | -

Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE) avgust oyi uchun federasiyalarning yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi bir pog‘ona yuqorilab, 8-o‘rindan joy oldi.

Terma jamoamizning Top-10 shaxmatchilari o‘rtacha reytingi 2626 ni tashkil etdi.

Terma jamoalar reytingini AQSH boshqarib turibdi. Hidiston terma jamoasi 2-o‘rinni egallagan. 3-pog‘onadan Xitoy joy olgan.

Avvalroq, FIDE iyul oyi yakunlariga ko‘ra dunyoning eng kuchli shaxmatchilari ro‘yxatini e’lon qilgandi. Kuchli 100 talik ro‘yxatda O‘zbekistondan 5 nafar grossmeyster o‘rin olgani e’tiborga molik.

O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi bo‘lib turgan Javohir Sindorov 2777 ochko bilan Jahon reytingida 4-o‘rinni band etdi. Nodirbek Abdusattorovning hisobida esa 2762 ochko mavjud bo‘lib, u FIDE reytingida 8-pog‘onadan joy oldi.

Kuchli 100 talikdagi yana uch nafar o‘zbekistonlik grossmeysterning o‘rinlari quyidagicha ko‘rinish oldi:

Nodirbek Yoqubboyev — 2685 ochko (39-o‘rin);
Rustam Qosimjonov — 2665 ochko (52-o‘rin);
Shamsiddin Vohidov — 2655 ochko (61-o‘rin).

Kiritildi: 15:07, 03.08.2026.
O'qildi: 903 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик