Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Fulhem»ga o‘tgan Gonsalo Garsiya «Real Madrid» muxlislariga xayrlashuv maktubi yo‘lladi

«Fulhem»ga o‘tgan Gonsalo Garsiya «Real Madrid» muxlislariga xayrlashuv maktubi yo‘lladi

Baho:
+ | -

Hujumchi Gonsalo Garsiya «Real»dan «Fulhem»ga o‘tganidan so‘ng Madrid klubi muxlislariga murojaat qildi.

«Men Chempionlar Ligasi kechasida «Santyago Bernabeu»da debyut qilishni hech qachon xayol surmagandim. Hattoki, dunyoning eng yaxshi futbol akademiyasining bir qismiga aylanishimni tasavvur ham qilolmasdim. Shu bugun o‘zimni dunyodagi eng minnatdor futbolchidek his qilyapman.

«Real Madrid» yoshligimdan beri mening uyimga aylandi. Bu yerda o‘tkazgan olti yilim davomida ushbu klub singdiradigan qadriyatlar qanchalik muhimligini chin dildan angladim. Bu libosni kiyish — faqat o‘yinlarda g‘alaba qozonishgina emas, balki, aytishga jur’at qilamanki, butun jahon sportidagi eng buyuk gerbni sharaf bilan himoya qilish demakdir.

Meni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirgan ko‘plab murabbiylar va jamoadoshlarimni birma-bir sanab o‘tishim mumkin edi, ammo «Real»ga eng samimiy minnatdorchilik so‘zlarini aytish — bu ularning har biriga fidoyiligi, ishonchi va qo‘llab-quvvatlagani uchun tashakkur bildirishdir.

«Real Madrid» hamisha hayotimning juda katta qismi bo‘lib qoladi. Hammasi uchun rahmat», — deb yozdi futbolchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Garsiya «Real» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U madridliklar tarkibida 51 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Transfermarkt portali 22 yoshli ispaniyalik futbolchining bozor qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 05:24, 04.08.2026.
O'qildi: 609 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик