Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid - Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend - Arsenal

«PSJ» yaponiyalik posbon uchun 40 million yevro to‘laydi

«PSJ» yaponiyalik posbon uchun 40 million yevro to‘laydi

Baho:
+ | -

«Parma»ning yaponiyalik darvozaboni Dzion Sudzuki Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist va insayder Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar bermoqda.

Manba xabariga ko‘ra, «Parma» yaponiyalik futbolchining transferi uchun bonuslarni hisobga olgan holda 40 million yevro so‘ragan. Qayd etilishicha, «PSJ» allaqachon «Parma» uchun transfer bo‘yicha yangi taklif tayyorlamoqda.

Avvalroq Fransiya grandi Sudzukining o‘tishi uchun «Parma»ga 33 million yevro miqdorida taklif yuborgani haqida xabar berilgan edi.

Suzuki 2024 yildan beri «Parma» sharafini himoya qilib kelmoqda, ushbu davr mobaynida u A Seriyada 57 ta o‘yin o‘tkazgan va Yaponiya terma jamoasi safida 28 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Kiritildi: 08:14, 04.08.2026.
O'qildi: 762 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик