Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona - Andijon
06/08 20:00 Paxtakor - Buxoro

Xavers "Arsenal"ning o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatlari va yangi maqsadlari haqida gapirdi

Xavers "Arsenal"ning o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatlari va yangi maqsadlari haqida gapirdi

Baho:
+ | -

"Arsenal" yarim himoyachisi Kay Xaverts "kanonirlar"ning yangi mavsumda barcha sovrinlarni qo‘lga kiritish istagi borligini ma’lum qildi.

"O‘ylashimcha, biz yanada oldinga borishimiz mumkin va buni qilishimiz shart. Boshqa jamoalar qanday kuchayayotganini ko‘rib turibsiz, shu sababli biz ham yana yangi darajaga chiqishimiz kerak. Mavsumdagi maqsadlarimizga erishish uchun hammamiz shu yerdamiz, shuning uchun mashg‘ulot o‘tkazamiz va ushbu o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushamiz. Fikrimcha, biz barcha sovrinlarni yutishni xohlaymiz. Buning uchun shu yerdamiz. Oxirgi bir nechta mavsumda ko‘p narsani boy berib qo‘ydik. Endi Angliya Premyer-ligasida g‘olib chiqdik, ammo bundan ham kattaroq natijalarga erishishimiz mumkin.

Bu amalga oshishi uchun biz yangi darajaga chiqishimiz kerak. Mavsum qanchalik uzoq davom etishini va turnirlar qanchalik og‘ir kechishini bilamiz. Yangi mavsumda yanada yaxshiroq o‘yin ko‘rsatib, yana muvaffaqiyatga erishishni istaymiz", — dedi Xaverts Daily Mail nashriga.

O‘tgan mavsumda London klubi APL chempioniga aylandi va Chempionlar ligasi finaliga qadar yetib bordi.

Kiritildi: 10:32, 04.08.2026.
O'qildi: 645 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик