Franko Mastantuono shu yozda «Real»ni ijara asosida tark etadigan navbatdagi futbolchiga aylanishi mumkin, uni o‘z safiga qo‘shib olish uchun kurashda «Fiorentina» peshqadamlik qilmoqda.
Fabrisio Romanoning xabar berishicha, A Seriya klubi muzokaralarda sezilarli ilgarilashga erishgan va hozirda boshqa manfaatdor klublardan oldinda bormoqda. Mastantuono o‘z rivojlanishini davom ettirish uchun muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istamoqda va ushbu kelishuvga qarshi emas.
Hal qilinishi kerak bo‘lgan asosiy masala futbolchining maoshi bo‘lib qolmoqda, ikkala klub ijara davrida Mastantuono maoshining qancha qismini «Fiorentina» to‘lashini muhokama qilmoqda.













