Fabrisio Romanoning xabariga ko‘ra, «Manchester Siti» «Marsel» darvozaboni Xeronimo Ruli bo‘yicha ilk rasmiy taklifini yuborgan.
O‘tgan haftada Fransiya matbuotida «Siti» 34 yoshli darvozabon uchun 2 million yevro taklif qilgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Biroq Romanoning ta’kidlashicha, rasmiy taklif aynan bugun berilgan, ammo u «Siti» qancha mablag‘ to‘lashga tayyorligini oshkor etmadi.
Har holda, ikki klub o‘rtasida rasmiy muzokaralar ketmoqda. Rulining o‘zi esa «Etihad»da Janluiji Donnarummaning o‘rinbosari (zaxira darvozaboni) bo‘lishga to‘g‘ri kelsa-da, «Manchester Siti»ga o‘tishni juda xohlamoqda.













