Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

Sancho «MYU»dan ketganidan so‘ng Angliyaning 10-ligasidagi «Flikston» bazasida mashg‘ulot o‘tkazmoqda

Sancho «MYU»dan ketganidan so‘ng Angliyaning 10-ligasidagi «Flikston» bazasida mashg‘ulot o‘tkazmoqda

Baho:
+1 | -1

Jeydon Sancho «Manchester Yunayted»ni tark etgach, Angliyaning quyi ligalaridan biridagi klub bilan mashg‘ulot o‘tkazmoqda.

Erkin agent maqomida bo‘lib turgan 26 yoshli yarim himoyachi mamlakatning 10-divizionida ishtirok etuvchi «Flikston» bazasida sport formasini saqlab turmoqda, deb xabar beradi ESPN. Klubning mashg‘ulot majmuasi «MYU» bazasidan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan.

«Aniqlik kiritmoqchimanki, Jeydon klubda sinov muddatida bo‘lgani yo‘q va hech qanday transfer muhokamalarida ishtirok etmadi. U shunchaki jismoniy holatini saqlab turish va faoliyatining keyingi bosqichiga tayyorlanish uchun maydonimizdan yakka tartibdagi mashg‘ulot o‘tkazish maqsadida foydalandi.

Jeydonga mashg‘ulotlar o‘tkazish joyi sifatida «Flikston»ni tanlagani uchun minnatdorchilik bildiramiz va unga faoliyatining keyingi bosqichida muvaffaqiyatlar tilaymiz, bu bosqich, shubhasiz, biz hozirda o‘ynayotgan darajadan ancha yuqori bo‘ladi», – dedi «Flikston» egasi Kristofer Garsiya klubning Instagramdagi sahifasida e’lon qilingan bayonotida.

Kiritildi: 14:18, 04.08.2026.
O'qildi: 271 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик