FIFA futbol assosiasiyalari tomonidan qo‘llab-quvvatlash yo‘qotilgani fonida Janni Infantinoning AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyati bilan aloqada bo‘lganini rad etdi.
Oldinroq Infantinoning Tramp kabineti mulozimlari bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi – unda FIFA rahbari bo‘lajak saylovlarda amerikalik siyosatchilardan yordam so‘ramoqchi bo‘lgani ta’kidlangan edi. Keyinchalik bu xabarlarni AQSH davlat kotibi yordamchisi Dilan Jonson inkor etdi.
«FIFA prezidenti so‘nggi kunlarda na AQSH prezidentiga va na uning ma’muriyati a’zolaridan birortasiga qo‘ng‘iroq qilmagan. Bu shunchaki o‘ylab topilgan uydirma», – deb keltiradi FIFA vakilining so‘zlarini jurnalist Ben Jeykobs.













