Manbaning yozishicha, «Yuventus» «Manchester Yunayted» hujumchisi Joshua Zirkzee bilan shartnoma tuzishni xohlamoqda.
Turinliklar yaqinda Randal Kolo-Muanini sotib olishgan edi. Ammo Italiya klubida hujumchi uchun yana bitta bo‘sh o‘rin bor. «Yuventus» Zirkzeening transferini ko‘rib chiqishga tayyor.
Hujumchining «Manchester Yunayted» bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi. Umumiy hisobda Joshua Zirkzee «qizil iblislar» safida 75 ta uchrashuv o‘tkazdi. Ularda hujumchi to‘qqizta gol urib, to‘rtta golli uzatmaga mualliflik qildi.













