«Deportivo Kali» ijtimoiy tarmoqda hujumchi Karlos Bakkaning transferini e’lon qildi. U jamoada 70-raqam ostida to‘p suradi.
Forvardning avvalgi klubi «Xunior» bo‘lib, u yerda 2022 yilning yozidan beri «Granada»ni tark etganidan so‘ng o‘ynab kelayotgan edi.
Ilgari Kolumbiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Yevropaning «Bryugge», «Sevilya», «Milan» va «Vilyarreal» klublarida ham harakat qilgan. Futbolchi uch marta Yevropa Ligasida g‘olib chiqqan — ketma-ket ikki yil «Sevilya» (2013/14, 2014/15) va bir marta «Vilyarreal» (2020/21) bilan.













