«Real Madrid» 18 yoshli yarim himoyachi Franko Mastantuononing transferi bo‘yicha Saudiya Arabistonidan tushgan taklifni rad etdi. Klub argentinalik futbolchining Yaqin Sharqqa ko‘chib o‘tish variantini ko‘rib chiqmayapti.
Madrid klubi Mastantuononi mahalliy futbolga moslashishi uchun Yevropa klubiga ijaraga bermoqchi. Ijaraga olish bo‘yicha asosiy da’vogar sifatida «Fiorentina» tilga olinmoqda. Madridliklar Saudiya Arabistonida o‘ynash uning rivojlanishiga yordam bermaydi, deb hisoblashadi.
Avvalroq Mastantuono «River Pleyt»ga qaytishni xohlagan edi, ammo «Real» ushbu variantni ham rad etgan.













