"Arsenal" va "Nyukasl" yarim himoyachi Bruno Gimarayesning transferi bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishishga yaqin.
Kecha Bruno Gimaraes "Nyukasl"ning Ispaniyadagi mashg‘ulot yig‘iniga yetib keldi. Shuningdek, klub "Arsenal"ning Bruno uchun birinchi rasmiy taklifini rad etgani haqida xabar berildi.
Biroq, muzokaralar bugun davom etdi va The Athletic nashri endi ikki klub murosaga kelishga yaqin ekanligini xabar qilmoqda. 28 yoshli braziliyalik istalgan vaqtda tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Londonga borishga ruxsat olishi mumkin.
Yoz boshida Gimaraes o‘z klubiga "Arsenal"ga qo‘shilish istagi haqida xabar bergan edi. "Nyukasl" dastlab sardorini sotishni muhokama qilishdan bosh tortdi, ammo Brunoning qat’iyati, yoshi va ikki yildan keyin shartnomasi tugashi "qarg‘alar"ni "kanonirlar" bilan muzokara olib borishga majbur qilgan omillar bo‘ldi.
Manbaning qo‘shimcha qilishicha, barcha tomonlar Gimaraesning kelajagi masalasini iloji boricha tezroq hal qilish istagida birlashgan, uning transfer qiymati, TalkSPORT ma’lumotlariga ko‘ra, 80 million funt sterlingni tashkil etadi.













