Kirish Ro'yxatdan o'tish

Modrich: "Leau kap-katta bola, nima qilish kerakligini o‘zi biladi"

Modrich: "Leau kap-katta bola, nima qilish kerakligini o‘zi biladi"

Baho:
+ | -

"Milan" yarim himoyachisi Luka Modrich jamoadoshi Rafael Leauning kelajagi haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

Portugaliyalik vinger transfer oynasi yopilgunga qadar jamoani tark etishi ehtimoli yuqori. 27 yoshli futbolchi faoliyatini boshqa ligada davom ettirishni xohlayotganini tan oldi.

"Rafa yetarlicha yetuk - u o‘zi uchun nima yaxshi ekanligini biladi. Biz hammamiz unga g‘amxo‘rlik qilamiz va uning biz uchun qanchalik muhimligini bilamiz.

Leau yaxshi formada bo‘lganida dunyoning eng yaxshilaridan biri. O‘tgan mavsumda u jarohatlar tufayli omadsiz bo‘lgan bo‘lishi mumkin, ammo umid qilamanki, u qoladi va bizga yangi mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazishga yordam beradi" - dedi Modrich Sky Sport nashriga bergan intervyusida.

Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi yaqinda Rafael Leau uchun asosiy da’vogar sifatida e’lon qilindi.

Kiritildi: 10:21, 05.08.2026.
O'qildi: 585 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик