«Chelsi» himoyachisi Trevo Chaloba klubini almashtirishga yaqin turibdi. Bugunning o‘zidayoq futbolchi Italiyaning «Komo» klubiga o‘tishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
The Athletic xabariga ko‘ra, klublar transfer shartlarini kelishib olishdi. «Chelsi» darhol 25 million funt oladi, yana 5 millionga yaqini esa bonuslar sifatida ko‘zda tutilgan. 27 yoshli angliyalik himoyachi tibbiy ko‘rikdan o‘tgach, «Komo» bilan besh yillik shartnoma imzolaydi.
Chaloba «Chelsi» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U «ko‘klar»ning asosiy jamoasida 2021 yildan beri to‘p surib kelmoqda. Umumiy hisobda himoyachi 151 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urgan va sheriklariga 3 ta golli uzatma oshirgan.













