Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona - Andijon
06/08 20:00 Paxtakor - Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al

Figu Infantinoni iste’foga chiqishga chaqirdi

Figu Infantinoni iste’foga chiqishga chaqirdi

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Luish Figu FIFA prezidenti Djanni Infantinoni tanqid qildi va u o‘z lavozimini tark etishi kerakligini aytdi.

«Men FIFAdagi muammolar haqida 10 mingta so‘z yozishim mumkin edi. Ammo yechim bor-jog‘i uchta so‘zdan iborat: Infantino ketishi kerak», — deydi Figuning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Daily Mail.

«Men 20 yil davomida professional futbolchi bo‘lganman va bu o‘yinda ko‘plab shubhali insonlarni ko‘rganman. Ammo oxirgi 10 kun ichida ma’lum bo‘lgan narsalar — men guvohi bo‘lgan eng tuban, yolg‘onchi va manfaatparastlik xatti-harakatidir», — deb ta’kidladi Figu.

Figu FIFAning xususiy investorlarni jalb qilish bo‘yicha ehtimoliy rejalarini tanqid qilib, tashkilotda futbolni rivojlantirish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan salmoqli moliyaviy zaxiralar mavjudligini qayd etdi.

Luish Figu klublar miqyosida «Sporting», «Barselona», Madridning «Real» va «Inter» jamoalari safida 800 ga yaqin o‘yin o‘tkazgan. 2017 yildan beri u UYEFA maslahatchisi hisoblanadi.

Kiritildi: 19:04, 05.08.2026.
O'qildi: 756 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик