"Al-Ahli" Marino Pushichning jamoaga yangi bosh murabbiy etib tayinlanganini e’lon qildi.
Osiyo Chempionlar Ligasi Elitasining amaldagi g‘oliblari Mattias Yaysslening "Nyukasl"ga o‘tganidan so‘ng Xavi va Marselino kabi bir qator mashhur nomlar bilan bog‘lanayotgan edi.
Pushich Saudiya giganti bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
U o‘tgan mavsumda BAA Pro-ligasining "Al-Jazira" klubini boshqargan edi.
54 yoshli niderlandiyalik va xorvatiyalik mutaxassis ilgari "Tvente" va "Shaxtyor" klublarida ham murabbiylik qilgan.













