Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-1 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Brel Embolo «Napoli», «Milan» va APL klublari radariga tushdi

Brel Embolo «Napoli», «Milan» va APL klublari radariga tushdi

Baho:
+ | -

«Renn» va Shveysariya terma jamoasi hujumchisi Brel Embolo bir yo‘la bir nechta klubning qiziqish doirasiga kirdi, deb xabar berdi jurnalist Ben Jakobs X tarmog‘ida.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 29 yoshli shveysariyalik futbolchiga «Napoli» va «Milan», shuningdek, APLning bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda va ular ehtimoliy transfer bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarni so‘rab bo‘lishgan. «Renn» o‘z futbolchisini 15 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

O‘tgan mavsumda Embolo Fransiya chempionatida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. JCH-2026 turnirida esa u 6 ta uchrashuvda 2 ta gol urib, 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 08:16, 07.08.2026.
O'qildi: 592 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик