Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«Uning kibri yo‘q, ammo ichida to‘xtamaydigan motor bor»: Chicharito Ronaldu haqida so‘zlab berdi

«Uning kibri yo‘q, ammo ichida to‘xtamaydigan motor bor»: Chicharito Ronaldu haqida so‘zlab berdi

Baho:
+ | -

Xavyer «Chicharito» Ernandes Rio Ferdinand bilan suhbatda Krishtianu Ronaldu haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Meksikalik hujumchi 2014/15 yilgi mavsumda «Real» safida Ronaldu bilan birga to‘p surgan edi.

— Krishtianu Ronaldu bilan bir kiyinish xonasida ilk bor ko‘rishganingda taassurotlaring qanday bo‘lgan? Karyerasining o‘sha bosqichida u qanday inson edi?

— Bu ajoyib edi. Bungacha men sen va jamoadagi boshqa yigitlar bilan Krishtianuning «Manchester Yunayted»dagi davri haqida juda ko‘p gaplashgandim. Menga ko‘plab hikoyalarni aytib berishgandi, keyin esa u bilan bir jamoada o‘ynash sharafiga muyassar bo‘ldim. Bilasanmi, sizlar aytib bergan o‘sha hikoyalarning barchasi haqiqat bo‘lib chiqdi.

U hatto kechki ovqat paytida ham musobaqalashardi. Lekin bu raqobatbardoshlikning kibr yoki manmanlikka hech qanday aloqasi yo‘q. Gap u o‘zining sendan ustunligini isbotlamoqchi bo‘lishida emas. Shunchaki, menimcha, uning ichida qandaydir ichki «motor» bor. Menimcha, bu narsa juda ko‘p futbolchilarda bor: bizda «yoqilgan» yoki «o‘chirilgan» rejimi bo‘lmaydi. Siz har doim «yoqilgan» rejimda bo‘lasiz.

Eng yaxshilarning eng yaxshisi bo‘lish uchun har kunning har bir soniyasida eng yaxshi bo‘lishing kerak. Faqat shu yo‘l bilangina eng zo‘ri bo‘lganingda paydo bo‘ladigan bosimga dosh berish mumkin.

Lekin, ochig‘ini aytsam, menda u haqda aynan inson sifatida juda ko‘p yaxshi xotiralar qolgan. Sen ham meni yaxshi bilasan. Men Krishtianu Ronaldudek tinimsiz mehnat qilganman demoqchi emasman. Gap bunda emas. Lekin men har doim muolajalardan o‘tish yoki trenajyor zalida shug‘ullanish uchun hammadan erta keladiganlardan edim.

Agar mashg‘ulotdan so‘ng sport zalida qo‘shimcha ishlash yoki boshqa narsa qilish kerak bo‘lsa, men buni hamisha qilardim. Sen buni o‘z ko‘zlaring bilan ko‘rgansan. Shu sababli menda u bilan yakkama-yakka vaqt o‘tkazish imkoniyati bo‘lgan. Va holi qolganimizda u umuman kibrli odam emas edi, — dedi Chicharito.

Kiritildi: 08:44, 07.08.2026.
O'qildi: 640 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик