Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Seul polisiyasi Xon Myon Boning tayinlovi bo‘yicha Koreya futbol assosiasiyasida tintuv o‘tkazdi

Seul polisiyasi Xon Myon Boning tayinlovi bo‘yicha Koreya futbol assosiasiyasida tintuv o‘tkazdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Seul polisiyasi payshanba kuni Xon Myon Boning Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanishidagi qoidabuzarliklar bo‘yicha tergov doirasida Koreya futbol assosiasiyasi (KFA) shtab-kvartirasida tintuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Reuters.

57 yoshli mutaxassis 2024 yilda milliy terma jamoa bosh murabbiyligiga qaytib kelgan edi (u avval 2013–2014 yillarda ham jamoani boshqargan). O‘shanda KFA bir necha oylik chet ellik nomzodlar qidiruvidan to‘satdan voz kechib, Xon Myon Boni qisqa uchrashuvdan so‘ng tasdiqlagani keskin tanqidlarga sabab bo‘lgan edi. JCH-2026 dagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng ushbu muammo yana kun tartibiga chiqdi.

Manbaning yozishicha, hali 2024 yilning oktyabr oyidayoq Janubiy Koreya Sport vazirligi KFA Xon Myon Boni tayinlashda o‘z ichki qoidalarini buzganini va texnik direktorning murabbiy bilan uchrashuvi to‘liq suhbat (intervyu) hisoblanmasligini aniqlagan edi. Biroq o‘shanda noqonuniy harakatlar bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri dalillar topilmagan.

JCH-2026 turnirida Janubiy Koreya terma jamoasi «A» guruhida 3-o‘rinni egallab, pley-off bosqichiga chiqa olmadi. Musobaqa yakunlangach, Xon Myon Bo iste’foga chiqdi. O‘tgan oyda bo‘lib o‘tgan parlament eshituvida u deputatlarning tayinlov chog‘ida imtiyozlarga ega bo‘lgani haqidagi ayblovlarini rad etdi, ammo Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizlik uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi.

Kiritildi: 13:47, 07.08.2026.
O'qildi: 1114 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик