«PSJ» «Barselona» hujumchisi Ferran Torresni sotib olish yo‘lida navbatdagi qadamni tashladi.
Parij klubi kataloniyaliklarga futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishilgani haqida rasman xabar berdi, deb yozadi insayder Fabrisio Romano. «PSJ», shuningdek, «Barselona»ga yaqin orada ispaniyalik futbolchining transferi bo‘yicha rasmiy taklif yuborishini bildirgan. Klublar o‘rtasidagi muzokaralar yaqin kunlarda tezlashishi kutilmoqda.
Avvalroq transfer summasi taxminan 50 million yevroni tashkil etishi xabar qilingan edi.
Ferran «Barselona» safida 2022 yilning yanvaridan buyon to‘p surib kelmoqda, o‘shanda Kataloniya klubi uni «Manchester Siti»dan sotib olgan edi.













