«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo «Ferensvarosh»ga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinidagi (2:1) g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib, nima uchun birinchi taym unga ikkinchisidan ko‘ra ko‘proq yoqqanini tushuntirib berdi.
«Avvalambor, «Ferensvarosh»ga ajoyib mashg‘ulot uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ular Yevropa Ligasida allaqachon beshta o‘yin o‘tkazishgan, juda yuqori shiddat bilan o‘ynashayotgani ko‘rinib turibdi, bu esa yaxshi. Birinchi taym menga ikkinchisiga qaraganda ko‘proq yoqdi. Bu meni ajablantirmaydi. Birinchi taymda biz allaqachon birga ishlagan va bir nechta o‘yin o‘tkazgan tarkib harakat qildi. Maydondagi futbolchilar o‘rtasida o‘zaro tushunish darajasi yuqoriroq edi. O‘yin juda yaxshi nazorat qilindi. Ikkinchi taymda esa ko‘p daqiqa o‘ynamagan va bor-jog‘i bir nechta mashg‘ulot o‘tkazgan Vinisius va Bernardo [Silva] tushdi… Shuningdek, Endrikning pozisiyasini o‘zgartirdik va o‘yin tashkilotchiligini biroz boy berib qo‘ydik. Ammo bu foydali bo‘ldi. Men uchun hamma narsani mukammal bajarishdan ko‘ra, fikrlash, tahlil qilish va doimo rivojlanishga imkon beradigan xatolarga yo‘l qo‘yish muhimroq», — dedi Mourinyo.













