"Jenoa" bosh murabbiyi Daniele De Rossi yozgi transfer oynasi vaqtini tanqid qildi.
"Liga mavsumi boshlanganidan keyin yopiladigan transfer oynasi bema’nilik. Bu ahmoqona va xato, va men buni kim yoqtirishi yoki bunga qo‘shilishi mumkinligini tushunmayapman. Bu vaziyat hamma uchun halokatli", - dedi murabbiy TMW bilan suhbatda.
"Agar bu oyna qisqartirilsa, klublar va murabbiylar haqiqatan ham muhim bo‘lgan o‘yinlar boshlangunga qadar o‘z tarkiblari haqida aniqroq tasavvurga ega bo‘ladilar. Biz hammamiz bir xil qayiqdamiz va turli darajada norozimiz", - deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.
A Seriyadagi yozgi transfer oynasi 28 iyunda ochilib, 2026 yil 1 sentyabrda yopiladi.













