«Liverpul»ning yangi a’zosi Ronald Arauxo klub muxlislariga mo‘ljallangan murojaat qoldirdi.
«Qizillar» urugvaylik futbolchini «Barselona»dan 2026/27 yilgi mavsum oxirigacha sotib olish huquqi bilan ijaraga olishdi.
«Men bor kuchimni beraman, maksimal darajada tirishqoqlik bilan ishlashni xohlayman. Muxlislarga xabarlar uchun minnatdorchilik bildiraman. Umid qilamanki, o‘z imkoniyatlarimning eng yuqori darajasida o‘yin ko‘rsataman va butun mavsum davomida o‘zimni ko‘rsata olaman», — deydi 27 yoshli futbolchining so‘zlarini keltirgan «Liverpul» matbuot xizmati.
Ronald Arauxo 2018 yildan beri «Barselona» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Futbolchining kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan.













