Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves

«Chelsi» Fernandesni «Manchester Siti»ga sotishi mumkin, ammo qimmatga

«Chelsi» Fernandesni «Manchester Siti»ga sotishi mumkin, ammo qimmatga

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Enso Fernandes «Chelsi»ni «Manchester Siti»ga almashtirishi mumkin.

«Shaharliklar»ning 25 yoshli argentinalik futbolchiga bo‘lgan qiziqishi yangi bosqichga chiqqani va aniq tus olgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Fernandesni o‘z jamoasida «Chelsi»dagi birgalikdagi faoliyati orqali o‘yinchining imkoniyatlarini juda yaxshi biladigan Enso Mareska ko‘rishni xohlamoqda.

Nufuzli insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, bitim taqdiri belgilangan narxga bog‘liq. «Chelsi» 120 million funt (taxminan 140 million yevro) miqdoridagi summada oyoq tirab turibdi.

Ta’kidlash joizki, Enso Fernandesning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 05:49, 12.08.2026.
O'qildi: 1009 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик