«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri UYEFA Superkubogi uchun bahsda «PSJ»ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng uchrashuv haqida fikr bildirdi.
«Men juda mamnunman. Bugun tarkibimizda ayrim futbolchilar yetishmadi, hali ishlashimiz kerak bo‘lgan jihatlar ko‘p. Ammo bugungi o‘yin biz top-jamoalarga munosib qarshilik ko‘rsata olishimizni namoyish etdi.
Bizda “PSJ”ga qarshi munosib kurash olib borish imkoniyati bordek taassurot uyg‘otdik. Men uchun eng muhimi ham shu. Men ushbu sovrinni qo‘lga kiritishni istagandim. Yigitlarimiz va ularning qanday kurashgani, vaziyatlar yaratganidan juda faxrlanaman», — deya Emerining so‘zlarini keltirdi UYEFA rasmiy sayti.
Emeri murabbiy sifatida UYEFA Superkubogida to‘rtinchi marta ishtirok etdi, ammo hali biror marta ham ushbu sovrinni qo‘lga kirita olmagan.













