Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Luis Enrike: «Futbolchilarim o‘z imkoniyatlarini namoyish etishdi»

Luis Enrike: «Futbolchilarim o‘z imkoniyatlarini namoyish etishdi»

Baho:
+ | -

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike UEFA Superkubogi uchun bahsda «Aston Villa» ustidan 2:1 hisobida qozonilgan g‘alabadan so‘ng uchrashuv haqida fikr bildirdi.

«O‘yin oson bo‘lmasligini bilardik. Ammo “PSJ” biz istagan tarzda o‘ynay oldi. Futbolchilarim o‘z imkoniyatlarini namoyish etishdi. Balki hozircha eng yaxshi holatimizda emasdirmiz, ammo bu uchrashuv yana bir bor biz kim ekanimizni va doimo sovrinlarni qo‘lga kiritishimizga, yuqori darajada o‘ynashimizga yordam beradigan muxlislarimiz kim ekanini yaqqol ko‘rsatdi.

Sovrinlarni qo‘lga kiritish qanchalik qiyin ekanini bilaman, ayniqsa bunga shunchalik intiladigan klubda. Uch yil oldin hamma jamoamiz juda yosh ekanini aytgandi, biz esa buning aksini isbotladik. Hali ko‘p jihatlarni yaxshilashimiz kerak. Biz o‘z zaif tomonlarimizni bilamiz, ammo bunday yaxshi kayfiyatdagi jamoani boshqarish imkoniyatiga ega ekanimdan juda xursandman», — deya Enrikeni so‘zlarini keltirdi UEFA rasmiy sayti.

«PSJ» ketma-ket ikkinchi yil mavsumni UEFA Superkubogi uchun o‘yindagi g‘alaba bilan boshladi.

Kiritildi: 03:58, 13.08.2026.
O'qildi: 750 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик