Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

Arbeloa o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng qizil kartochka oldi, «Fulxem» penaltilar seriyasidan bosh tortdi (+Video)

Arbeloa o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng qizil kartochka oldi, «Fulxem» penaltilar seriyasidan bosh tortdi (+Video)

Baho:
+ | -

«Fulxem» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa «Malaga»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvining final hushtagidan so‘ng qizil kartochka oldi.

«La Rosaleda» stadionida o‘tkazilgan bahs 2:2 hisobida yakunlandi. Reglamentga ko‘ra, durang qayd etilgan taqdirda g‘olib penaltilar seriyasi orqali aniqlanishi kerak edi. Biroq «Real»ning sobiq murabbiyi Arbeloa chetlatilganidan keyin Angliya klubi penaltilar seriyasida ishtirok etishdan bosh tortdi. Natijada «Malaga» Kubok Kosta-del-Sol g‘olibi deb e’lon qilindi.

90-daqiqada «Malaga» hujumchisi Eneko Xauregi qo‘l bilan o‘ynash uchun belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi. Hakamning bu qarori Arbeloaning noroziligiga sabab bo‘ldi. Asosiy vaqt yakunlanganidan so‘ng 43 yoshli murabbiy maydonga chiqib, hakam bilan tortisha boshladi.

Shundan so‘ng arbitr Arbeloaga qizil kartochka ko‘rsatdi, «Fulxem» futbolchilari esa maydonni tark etdi.

Keyinroq «Malaga»ning ma’lum qilishicha, «Fulxem» vakillari penaltilar seriyasi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘yicha tuzilgan shartnomada ko‘zda tutilmaganini aytgan. Shuningdek, London klubi penaltilar seriyasida ishtirok etish jamoaning Ispaniyadan rejalashtirilgan parvoziga ulgurmasligiga sabab bo‘lishini bildirgan.

Kiritildi: 04:53, 13.08.2026.
O'qildi: 1443 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик