Unai Emeri murabbiylik faoliyati davomida UEFA Superkubogi uchun o‘tkazgan barcha to‘rtta uchrashuvida mag‘lubiyatga uchradi.
Ispaniyalik mutaxassis boshchiligidagi «Aston Villa» 2026 yilgi UEFA Superkubogi bahsida «PSJ»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va sovrinni qo‘lga kirita olmadi.
Bunga qadar Emeri «Sevilya» bilan ikki marta UEFA Superkubogida mag‘lub bo‘lgan. 2014 yilda uning jamoasi «Real»ga 0:2 hisobida yutqazgan bo‘lsa, 2015 yilda «Barselona»ga 4:5 hisobida imkoniyatni boy bergan.
2021 yilda esa Emeri boshchiligidagi «Vilyarreal» «Chelsi»ga qarshi asosiy va qo‘shimcha vaqtni 1:1 hisobida yakunlab, penaltilar seriyasida 5:6 hisobida mag‘lub bo‘lgan.
Shu tariqa, Unai Emeri UEFA Superkubogi uchun to‘rt marta kurash olib borgan bo‘lsa-da, hali biror marta bu sovrinni qo‘lga kirita olmagan.













