«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandeshning ehtimoliy ketishi haqidagi mish-mishlar hamon dolzarbligini yo‘qotmayapti.
Jurnalist Saymon Stoun ma’lumotiga ko‘ra, portugaliyalik yarimhimoyachini «Milan», «Yuventus» va Turkiyaning «Galatasaroy» klublari o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda.
Fernandeshning shartnomasida xorij klublari uchun 57 mln funt (qariyb 67 mln yevro) miqdorida tovon puli belgilangan.
Shunga qaramay, futbolchining o‘zi «Manchester Yunayted»da to‘p tepishni davom ettirishni afzal ko‘rmoqda. U hatto faoliyatini shu klubda yakunlashi ham mumkin.
8 sentyabr kuni Brunu Fernandesh 32 yoshga to‘ladi. Uning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, kelishuvni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham mavjud.













