Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Arteta «Arsenal»ning mavsumoldi so‘nggi uchrashuvidagi o‘yinini baholadi

Arteta «Arsenal»ning mavsumoldi so‘nggi uchrashuvidagi o‘yinini baholadi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi mavsumoldi tayyorgarligini «Emireyts» stadionida Italiyaning «Komo» jamoasiga qarshi o‘yin bilan yakunladi.

Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida tugadi, penaltilar seriyasida esa «kanonirlar» 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.

«Aytishim mumkinki, bugun ko‘rganlarimning ko‘p jihatlari menga yoqdi. Biz bir nechta yosh futbolchilarga imkoniyat berdik va ular o‘zlarini juda yaxshi ko‘rsatdi. Menimcha, biz yaratgan golli vaziyatlar sonini hisobga olsak, natija boshqacha bo‘lishi kerak edi.

Angliya Superkubogi finaliga atigi to‘rt kun qoldi. Shu sababli ko‘plab futbolchilar 30 yoki 45 daqiqadan o‘ynadi. Ammo bu biz uchun yaxshi sinov va haqiqatan ham qiyin uchrashuv bo‘ldi», — dedi «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta.

«Arsenal» yakshanba kuni Angliya Superkubogi uchun «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 06:58, 13.08.2026.
O'qildi: 788 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик