Zalsburgda UEFA Superkubogi uchun uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Sovrin uchun kechgan murosasiz bahsda «PSJ» «Aston Villa»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Shu tariqa, UEFA Superkubogini yana Chempionlar ligasi g‘olibi sifatida musobaqada ishtirok etgan jamoa qo‘lga kiritdi.
Agar UEFA Superkubogining 2009 yildan buyon o‘tkazilgan so‘nggi 18 ta bahsi hisobga olinsa, ularning 15 tasida Chempionlar ligasi g‘olibi sovringa ega chiqqan.
Qizig‘i, qolgan uch holatning barchasida bitta klub — «Atletiko» g‘olib bo‘lgan. Madridliklar 2010, 2012 va 2018 yillarda Yevropa ligasi g‘olibi sifatida UEFA Superkubogida ishtirok etib, har uch safar ham sovrinni qo‘lga kiritgan.
Demak, so‘nggi 18 ta UEFA Superkubogida Chempionlar ligasi g‘oliblarining ustunligiga chek qo‘ya olgan yagona klub «Atletiko» bo‘lib turibdi.













