Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

«PSJ» «Real»ning tarixiy natijasini takrorlamoqchi — Luis Enrike maqsadini aytdi

«PSJ» «Real»ning tarixiy natijasini takrorlamoqchi — Luis Enrike maqsadini aytdi

Baho:
+ | -

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike UEFA Superkubogida «Aston Villa» ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng jamoasining navbatdagi katta maqsadi haqida gapirdi.

Ispaniyalik mutaxassis parijliklar Chempionlar ligasida ketma-ket uchinchi marta g‘olib chiqib, «Real»ning tarixiy natijasini takrorlashni maqsad qilganini ta’kidladi.

Madrid klubi Zinedin Zidan boshchiligida 2016, 2017 va 2018 yillarda ketma-ket uch marta Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan edi.

«Endi maqsadimiz — Chempionlar ligasini ketma-ket uchinchi marta yutish. Biz ambisiyali bo‘lishimiz va o‘z kuchimizga ishonishimiz kerak. Bu juda qiyin bo‘ladi, ammo, shubhasiz, bizning maqsadimiz shu», — deya Luis Enrikening so‘zlarini UEFA matbuot xizmati keltirdi.

«PSJ» 2025 va 2026 yillarda Chempionlar ligasida ketma-ket g‘olib chiqdi. Parijliklar finallarda mos ravishda «Inter» va «Arsenal»ni mag‘lub etgan.

Kiritildi: 08:00, 13.08.2026.
O'qildi: 899 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик