Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

"Galatasaroy" "Tottenxem"dan transfer maqsadini ilib ketishi mumkin

"Galatasaroy" "Tottenxem"dan transfer maqsadini ilib ketishi mumkin

Baho:
+ | -

"Monako" markaziy hujumchisi Folarin Balogun Turkiyaning "Galatasaroy" klubi qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Turkiya chempioni joriy transfer oynasida "Monako"ni tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq Balogun Londonning "Tottenxem" klubiga o‘tishga rozilik bergani haqida xabar qilingan edi. Biroq "shporlar" hozircha transfer shartlari bo‘yicha "Monako" bilan kelishuvga erisha olmadi. Shu sababli "Galatasaroy" futbolchi uchun kurashga qo‘shilishi mumkin.

Balogun o‘tgan mavsum barcha musobaqalar doirasida 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali 25 yoshli amerikalik hujumchining bozor qiymatini 50 mln yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 10:19, 13.08.2026.
O'qildi: 903 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик