Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 18:00 Lokomotiv - Nasaf
17/10 19:00 Dinamo - Buxoro
17/10 19:00 Navbahor - Paxtakor

Flik va Deku Alvaresni qo‘llab-quvvatlamoqda

Flik va Deku Alvaresni qo‘llab-quvvatlamoqda

Baho:
+ | -

Diario Sport ma’lumotiga ko‘ra, «Barselona» yaqin vaqt ichida «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares transferidan voz kechishni rejalashtirmayapti.

Bosh murabbiy Xans-Diter Flik va sport direktori Deku argentinalik hujumchini to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda. Alvaresning o‘zi ham har qanday yo‘l bilan «Kamp Nou»ga ko‘chib o‘tishni xohlamoqda.

Hozircha muzokaralarda ijobiy siljish kuzatilmayotgan bo‘lsa-da, kataloniyaliklar shoshilmaslikka qaror qilgan va yaqin kunlarda vaziyat o‘zgarishiga umid qilmoqda.

Avvalroq Alvares «Atletiko»dan ketishga ruxsat olish maqsadida Diyego Simeone bilan gaplashgani xabar qilingandi. Biroq argentinalik murabbiy bu masalani klub rahbariyati hal qilishi kerakligini bildirgan.

Shuningdek, «Atletiko» sport direktori Mateu Alemani Alvaresga «Barselona»ga o‘tish eshigi butunlay yopiq ekanini aytgani haqida ham xabarlar tarqaldi.

Shunga qaramay, 26 yoshli hujumchi agentlari bilan birgalikda klubdan ketish yo‘lini izlashda davom etmoqchi. Manbaga ko‘ra, uning diqqati endi «Atletiko»dagi kelajagiga qaratilmagan.

Ayni paytda «Barselona» Madrid klubi muzokara stoliga o‘tirishga rozi bo‘lgan taqdirda, Xulian Alvares uchun taklifini oshirishga tayyor.

Kiritildi: 13:59, 13.08.2026.
O'qildi: 1166 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик