Madridning «Real» klubi yozgi transfer oynasida Ferlan Mendi va Raul Asensioni sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Diario AS nashri xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, «qaymoqranglilar» Mendining tez-tez jarohat olishi sababli u bilan xayrlashishga qaror qilishgan. Asensio esa, katta ehtimol bilan, yangi bosh murabbiy Joze Mourinyuning rejalariga kirmaydi. Ammo manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, hozircha «Real» ushbu futbolchilarga yangi klub topish borasida sezilarli ilgarilashga erishgani yo‘q.
Ispaniya La Ligasining yangi mavsumini «Real» safarda «Espanyol»ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Uchrashuv 22 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Bahsning start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 00:30 da chalinadi.













