«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong jurnalist Xerard Romero haqida tanqidiy fikr bildirdi. Niderlandiyalik futbolchi Romeroni yolg‘on ma’lumot tarqatishda aybladi.
— O‘tgan mavsumda u meni Chempionlar ligasida «Atletiko»ga qarshi o‘ynashdan bosh tortgan, deb aytgan edi. Bu yolg‘on. U shuningdek, Xansi Flik bilan munosabatlarim yomonligini ham ta’kidladi. Bu ham haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. U men haqimda bir necha bor yolg‘on tarqatdi. Men bunga ortiq chiday olmayman. U yolg‘on ma’lumot tarqatishning oqibatlari borligini tushunib yetishi kerak, — dedi de Yong The Touchline nashriga.













