Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» «Sporting» hujumchisi uchun 80 mln yevro to‘lashiga to‘g‘ri keladi

«Barselona» «Sporting» hujumchisi uchun 80 mln yevro to‘lashiga to‘g‘ri keladi

Baho:
+ | -

«Sporting» klubi «Barselona»ning qiziqishi fonida hujumchi Luis Suaresni sotishni rejalashtirmayapti. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

Avvalroq Kataloniya klubi 28 yoshli kolumbiyalik futbolchini o‘z transfer ro‘yxatiga kiritgani ma’lum bo‘lgan edi. Suares «ko‘k-anorranglilar» tomonidan «Atletiko» forvardi Xulian Alvaresga muqobil nomzod sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Biroq «Sporting» Suaresni jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biri deb hisoblaydi va shu yozda u bilan xayrlashmoqchi emas.

Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, Lissabon klubi iyun oyidan beri barcha manfaatdor jamoalarga futbolchining shartnomasida 80 million yevro miqdorida tovon puli ko‘rsatilganini ma’lum qilib kelmoqda.

OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik rahbariyatdan «Atletiko»dan Xulian Alvaresni sotib olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishni so‘ragan.

Kiritildi: 17:48, 14.08.2026.
O'qildi: 1685 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик