Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/08 19:00 Navbahor 4-3 Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo 2-2 Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum 2-0 Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Embolo MLSga yo‘l oladi

Embolo MLSga yo‘l oladi

Baho:
+ | -

«Renn» hujumchisi Brel Embolo MLS a’zosi «Atlanta Yunayted» klubiga o‘tishga juda yaqin turibdi. Ouest-France nashri xabariga ko‘ra, AQSH klubi 29 yoshli shveysariyalik futbolchi uchun 17 million yevrodan sal ko‘proq mablag‘ to‘laydi.

Embolo amerikaliklar bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib bo‘lgan. Uning «Renn» bilan shartnomasida ushbu yoz uchun aniq belgilangan tovon puli miqdori ko‘rsatilgan edi.

O‘tgan mavsumda Embolo «Renn» safida barcha turnirlarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan va 3 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Shveysariya terma jamoasida esa u 92 ta o‘yin o‘tkazib, 26 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.

Kiritildi: 18:48, 14.08.2026.
O'qildi: 595 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик