Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

Sancho faoliyatini Angliyadan tashqarida davom ettirishni afzal ko‘rmoqda

Sancho faoliyatini Angliyadan tashqarida davom ettirishni afzal ko‘rmoqda

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning sobiq vingeri Angliya Premyer-ligasi klublaridan takliflar bo‘lishiga qaramay, faoliyatini xorij chempionatlaridan birida davom ettirish istagida.

26 yoshli ingliz futbolchisi hozirda erkin agent maqomida bo‘lib turibdi. Unga 2017–2021 yillarda hamda 2024 yilda ijara asosida to‘p surgan «Borussiya Dortmund» klubi yana qiziqish bildirmoqda.

Sancho oxirgi ikki mavsumni ijara huquqi asosida «Aston Villa» va «Chelsi» jamoalarida o‘tkazgan edi.

Hozirda futbolchi sport formasini ushlab turish uchun Angliyaning 10-divizionida ishtirok etuvchi «Flikston» klubi bazasida individual mashg‘ulotlar olib bormoqda.

Kiritildi: 12:41, 15.08.2026.
O'qildi: 868 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик