Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-1 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Klublar Fabrisio Romanoning so‘rovlariga javob berishni to‘xtatdi

Klublar Fabrisio Romanoning so‘rovlariga javob berishni to‘xtatdi

Baho:
+1 | -

Futbol klublari taniqli insayder Fabrisio Romanoning so‘rovlariga javob bermayapti va uning qo‘ng‘iroqlarini e’tiborsiz qoldirmoqda.

Ba’zi klublar uni an’anaviy sport jurnalistidan ko‘ra ko‘proq «jonga tekkan inflyuyenser» sifatida qabul qilishni boshlagan. Ular Romanoning nozik transfer muzokaralarini yoritish uslubidan va axborot berish manerasidan tobora norozi bo‘lishmoqda. Match Corner nashrining Daily Mail’ga tayanib xabar berishicha, norozi jamoalar orasida «Nyukasl Yunayted» ham bor.

Eslatib o‘tamiz, Fabrisio Romano transfer rasman e’lon qilinishidan sal oldin o‘zining mashhur «Here we go» jumlasi bilan bitim amalga oshganini xabar qilishi bilan tanilgan.

Kiritildi: 13:56, 15.08.2026.
O'qildi: 1228 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик