«Milan», «Chelsi» hamda Niderlandiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Rud Gullit maydonda o‘ziga o‘xshaydigan futbolchilar haqidagi savolga javob berdi.
«Men bunga bunday qaramayman. Har bir futbolchi betakror, aslida menga o‘zimga o‘xshamaydigan o‘yinchilarni kuzatish ko‘proq yoqadi — qarama-qarshiliklar bir-birini o‘ziga tortadi (kuladi)! Men shunchaki tashabbus ko‘rsatadigan va mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan futbolchilarni qadrlayman.
Jud Bellingem mas’uliyatni o‘z bo‘yniga oladi. Rodri mas’uliyatni o‘z bo‘yniga oladi. Lionel Messi va Krishtianu Ronalduda ham bu fazilat bor. Men shunday futbolchilarga qoyil qolaman, chunki ular tavakkal qilishadi, barcha tanqidlarni qabul qilishadi, ammo baribir natija ko‘rsatishadi. Men aynan shuni qadrlayman», — dedi Gullit Sport Witness nashriga bergan intervyusida.













