«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra jamoaning UYEFA Chempionlar Ligasiga qaytgani va oldinda turgan vazifalar haqida gapirib o‘tdi.
«Asosiy jihatlardan biri — bu yigitlarning sportcha chanqoqligini saqlab qolganidir. Ular uchun shunchaki Chempionlar Ligasiga chiqishning o‘zi yetarli emas. Bu, albatta, juda yoqimli bo‘ldi, bizga juda manzur keldi, ammo biz bundan ham ko‘prog‘ini xohlaymiz. Oqibatda yangi g‘alabalarga bo‘lgan chanqoqlik ortadi va buni maydonda ko‘rsatish kerak.
Shu sababli biz, tabiiyki, qo‘l qovushtirib o‘tirganimiz yo‘q va o‘tgan mavsumni muhokama qilib: "Manbalarimizga ko‘ra, hammasi yomon kechmadi, mavsumni yaxshi yakunladik", demayapmiz. Bu haqda umuman gap-so‘z bo‘lgani yo‘q. O‘ylaymanki, qalbingiz to‘rida bu his va tajriba saqlanib qoladi, lekin gap bundan buyon nima qilishimiz haqida ketmoqda», — dedi Kerrik «qizil iblislar»ning rasmiy saytiga bergan intervyusida.













