«Chelsi»ning yangi yarim himoyachisi Morgan Rojers ushbu yozda London klubiga o‘tish qaroriga qanday kelgani haqida fikr bildirdi.
«Bu oson qaror bo‘lmadi. Butun yoz davomida, xususan Jahon chempionati paytida bor e’tiborimni futbolga qaratmoqchi edim. Jamoa tarkibi qanday bo‘lishi, qanday muhit shakllanishi va barcha muhokamalar natijasi ma’lum bo‘lgach, bir qarorga kelishni afzal ko‘rdim.
Bunday qarorni qabul qilishga qodirligimga ishonch hosil qilishni istagandim. Sekin-asta turli detallar yagona bir manzarani hosil qildi. Ris, Koul Palmer va murabbiy Xabi Alonso bilan gaplashdim — va ularning har biri bilan bo‘lgan muloqot menga: Ha, bu men uchun eng to‘g‘ri tanlov, degan ishonchni berdi», — dedi Rojers Sky Sports nashriga.













