Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

Iraola: «Menimcha, o‘tgan haftadagiga qaraganda yaxshiroq o‘ynayapmiz»

Iraola: «Menimcha, o‘tgan haftadagiga qaraganda yaxshiroq o‘ynayapmiz»

Baho:
+ | -

«Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola Italiyaning «Komo» klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida qozonilgan 2:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«O‘ylashimcha, “quruq” g‘alabadan so‘ng ushbu kayfiyatni his qilish biz uchun muhim edi. Shunga qaramay, birinchi bo‘lim ikkinchisiga qaraganda yaxshiroq chiqdi, ammo hech bo‘lmaganda uyushqoqlik bilan va xotirjam o‘ynashda davom etdik hamda o‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yubormay g‘alaba qozondik. Buni his qilishimiz kerak edi.

Menimcha, o‘tgan haftadagiga qaraganda yaxshiroq o‘ynayapmiz. Biroq, keyingi haftada bugungidan ham kuchliroq bo‘lamiz, deb umid qilaman. Bu tabiiy hol, lekin baribir birinchi bo‘limlarimiz ikkinchisidan yaxshiroq kechmoqda. Bugun ko‘plab futbolchilar 80-90 daqiqadan o‘ynashdi va mushaklarida torshishishlarsiz o‘yinni yakunlashdi. Shu sababli jismoniy holatni yanada yaxshilash va jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun charchoq sezilganda ham diqqat-e’tiborni saqlab qalish lozim. Bu o‘sish, deb o‘ylayman, ammo baribir — ayniqsa ikkinchi bo‘limda — bundan ham yaxshiroq o‘ynashimiz kerak», — dedi Iraola mersisaydliklarning rasmiy saytiga.

Uchrashuvda «Liverpul» safida Kodi Gakpo (23') va Jeremi Jake (44') tomonidan kiritilgan gollar g‘alabani ta’minladi.

Kiritildi: 07:01, 17.08.2026.
O'qildi: 686 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик